Ushbu sumkali joynamoz yumshoq va sifatli matodan tayyorlangan bo‘lib, ibodat vaqtida qulaylik yaratadi. Nafis islomiy naqshlar va chiroyli rang uyg‘unligi mahsulotga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Yig‘ilganda kam joy egallaydi, maxsus sumkasi esa olib yurishni yanada qulay qiladi. Uyda, masjidda yoki safarda foydalanish uchun juda mos.