Aziz birodar! Har bir amali alohida ibodat hisoblangan, sharafli va mas'uliyatli Umra safaringiz muborak bo'lsin!
Siz Allohning nazari tushgan ikki muqaddas shahar — Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara sari yo'l olmoqdasiz! Shunday ekan, mazkur safarning, bu tabarruk makonning ahamiyatini anglab, bir necha kungina davom etadigan musofirlikni g'animat biling!
Umraga otlangan har bir musulmon bu ibodat asnosida bajariladigan amallarni yaxshi bilib olishi zarur. Ushbu qo'llanma ayni shu maqsadda tayyorlangan bo'lib, unda Umra qilish tartibi, umraning odoblari hamda Umra qiluvchilar saqlanishi kerak bo'lgan ishlarni sodda va tushunarli tilda bayon qilishga harakat qildik.
Safar davomida bu qo'llanmada ko'rsatilmagan biror vaziyat yuzaga kelib qolsa, Allox taoloning "bilmasangiz, zikr ahlidan so'rang" degan amriga binoan, gurux boshliqlaridan, ellikboshilardan so'rab, bilib olishingizni tavsiya qilamiz.