"Mahzun bo‘lmang" — bu kitob insonni hayotdagi turli ruhiy og‘irliklar, tushkunlik, siqilish va hafsalasizliklardan qanday chiqib ketish haqida yozilgan. Muallif o‘quvchini og‘ir fikrlardan, bekor g‘am-anduhlardan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Har bir sahifada inson o‘zini qanday ijobiy holatga olib chiqishi, o‘ziga qanday dalda berishi, hayotdagi voqealarga qanday yondashishi kerakligi haqida oddiy va ravon tilda yozilgan fikrlar bor.