Brayan Treysi – dunyoga mashhur biznes-trener, motivatsion spiker va yetakchilik bo‘yicha ekspert. Uning “Lider shaxsiyati” kitobi haqiqiy lider qanday bo‘lishi kerakligi, insonlar qalbini zabt etish va ularga ilhom berishning samarali usullari haqida so‘z yuritadi. Kitobda muvaffaqiyatli rahbarlarning asosiy fazilatlari, to‘g‘ri qaror qabul qilish, muammolarni samarali hal qilish hamda jamoani ilhomlantirish kabi mavzular yoritilgan.